--

SHIRINDA ISLOHOTLAR MANZARASI

SHIRINDA ISLOHOTLAR MANZARASI
Chop etilgan 16 September, 2026

Shahardagi yangilanishlar – jurnalistlar nigohida.

Bugun shahar haqida so‘z ketganda uning qiyofasini kechagi holati bilan taqqoslamay iloj yo‘q. Chunki o‘zgarish — avvalo ko‘zga tashlanadigan muhitda, inson uchun yaratilayotgan sharoitda va iqtisodiy hayotdagi harakatda namoyon bo‘ladi.

Yaqinda Shirin shahrida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida tashkil etilgan press-tur ana shu o‘zgarishlarni joyiga chiqqan holda ko‘rish, raqamlar ortida turgan real natijalar bilan tanishish imkonini berdi.

Press-turning dastlabki manzili shaharda olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bo‘ldi.

Amir Temur MFY hududidagi Xalqlar do‘stligi ko‘chasida Tikla-nish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 48 milliard so‘m yo‘naltirilib, 56 ta ko‘p qavatli uyning tashqi qiyofasini yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.

Hududni obodonlashtirish, zamona-viy yoritish tizimini o‘rnatish, aholi uchun qulay joylarda o‘rindiqlar tashkil etish kabi ishlar ham olib borilmoqda. Ayni paytda uylarning qariyb 60 foizi bazalt qoplamasi bilan qoplangan. Ishlar faqat binolar tashqi ko‘rinishini yangilash bilan cheklanmayotgani e’tiborli. Zero, zamonaviy shahar muhiti aholi yashay-digan makonning qulay, xavfsiz va obod bo‘lishidir.

Tadbir davomida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, aholi-ga kommunal xizmatlar ko‘rsatish holati ham o‘rganildi.

Shahar uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlangan. bo‘lib, jami 5712 nafar iste’molchi foydalanadi. Ularning 5634 nafari aholi, 78 nafari esa ulgurji iste’molchilar hisoblanadi.

Elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minotida barqarorlikni ta’minlash, mavjud tarmoqlarni mavsumga tayyor

holatga keltirish shahar infratuzil-masidagi muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Shaharning ertangi kunini bugundan bilishni istagan kishi, avvalo, yoshlar uchun yaratilayotgan imko-niyatlarga nazar soladi. Ishtirokchilar shaharda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sportga jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishishdi.

Shahar bolalar-o‘smirlar sport maktabida “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida 1 milliard 648 million so‘m mablag‘ jalb qilinib, 100 nafar yoshlarga mo‘ljallangan zamonaviy yopiq kurash zali barpo etilmoqda. 15x30 metr o‘lchamdagi mazkur sport inshootida qurilish ishlarini joriy yil noyabr oyida yakunlash rejalashtirilgan.

BO‘SM direktori Zafar To‘xtarov-ning ta’kidlashicha, yangi majmua yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yanada keng imkoniyat yaratadi.

Bugun mazkur sport maktabida 1130 nafar yosh qamrab olingan.

2025-yilda qayta rekonstruksiya qilingan 1-sonli DMTT 2026-yilda o‘z faoliyatini boshladi. Zamonaviy tipda bunyod etilgan mazkur muassasa 170 nafar bolani qamrab olgan bo‘lib, tarbiyalanuvchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Bolalar bog‘chasining yangicha qiyofasi ta’lim va tarbiya uchun yaratilgan muhit qanchalik sifatli bo‘lsa, ertangi kunga qo‘yilgan poydevor ham shunchalik mustahkam bo‘lishini yana bir bor tasdiqlaydi.

Shahar iqtisodiy salohiyati haqida

so‘z ketganda esa investitsiya loyiha-lari alohida ahamiyat kasb etadi.

Press-tur doirasida “Wang da 

Rolling Steel” MCHJ faoliyati bilan tanishildi. Qariyb 14 gektar maydonda joylashgan korxona asosan qurilish uchun qora metall mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 200 ming tonnani tashkil etadi. 2026-yilning dastlabki 8 oyida esa 140 ming tonna mahsulot ishlab chiqarilgan.

MCHJda 350 ta ish o‘rni yaratilgan. 2026-yilning o‘zida korxonaga 20 million AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritilgan. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ichki bozor bilan bir qatorda Tojikistonga ham eksport qilinmoqda.

Korxona direktori Chen Zong Jianning ta’kidlashicha, loyihani amalga oshirish uchun Shirin shahrida zarur qulayliklar mavjud. Demak, investisiya uchun yaratilgan muhitning samarasi faqat raqamlarda emas, balki ishlab chiqarish hajmi, eksport va yangi ish o‘rinlarida ham ko‘rinadi.

Press-tur yakunida Shirin shahar

hokimi Dilfuza Qambarova ishtiro-kida matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda shaharda amalga oshirilgan ishlar, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida erishilgan natijalar, asosiy ko‘rsatkichlar hamda istiqbol-dagi ustuvor vazifalar xususida fikr almashildi.

Jurnalistlar shahar hayotining turli yo‘nalishlaridagi masalalarni ochiq muhokama qilish, mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan savollar berish imkoniga ega bo‘ldi. Zero, ochiq muloqot – islohotlarning jamoatchilikka yetkazilishigina emas, balki ularning samaradorligini baholashning ham muhim vositasidir.

Xurshida NISHONOVA

Xurshida NISHONOVA
Xurshida NISHONOVA
BO‘LIM MUHARRIRI