Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Guliston davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va biokimyo ilmiy tadqiqot institutida ilmiy tadqiqot natijalari, innovatsion ishlanmalar va zamonaviy texnolo-giyalarga bag‘ishlangan ochiq ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmada professor Habib Qo‘shiyev rahbarligidagi institut faoliyati, shuningdek, kimyoviy va biokimyoviy yondashuvlarga asoslangan “Biosinergizm va molekulyar biotexnologiya” ilmiy maktabining ilmiy izlanishlari alohida o‘rin egalladi. Mazkur ilmiy maktabda faoliyat olib borayotgan yosh olim va tadqiqotchilarning ilmiy ishlanmalari, izlanishlari va erishgan natijalari ko‘rgazma ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, dolzarb muammolarga ilmiy yechimlar ishlab chiqish, yaratilgan ishlanmalarni real ishlab chiqarishga joriy etish hamda ilmiy-texnik hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Shu bilan birga ko‘rgazma ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish, texnologiyalar transferi bo‘yicha muzokaralar olib borish va yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun muhim maydon vazifasini bajardi.
“Ko‘rgazma–35” aniq konsep-siya asosida tashkil etilgani bilan o‘ziga xos ahamiyat kasb etdi. Sababi, institutning ilmiy va innovatsion salohiyati to‘qqizta asosiy yo‘nalish bo‘yicha tizimli tarzda namoyish etildi. Ya`ni, 35 ta patent va intellektual mulk obyekti, 35 ta tayyor ishlanma va texnologiya, 35 turdagi o‘simliklarning in vitro kolleksiyasi, 35 ta sho‘rga chidamli o‘simlik genbanki namunasi, 35 ta himoya qilingan dissertatsiya, 35 nafar doktorant va yosh tadqiqotchi, 35 ta xalqaro aloqa va hamkorlik, 35 ta xo‘jalik shartnomasi hamda 35 ta amalga oshirilgan xalqaro va mahalliy loyiha natijalari namoyish etildi.
Biopreparatlar ishlab chiqarish, tuproqlarni ekologik qayta tiklash, sho‘rga chidamli o‘simliklar genban-kini shakllantirish, patogensiz ko‘chatlar yetishtirish, regenerativ o‘simlik va o‘simlik mahsulotlarini yetishtirish, shuningdek, biomahsulot va bioo‘g‘itlar ishlab chiqarishning zamonaviy texnologik modellari ishtirokchilarga taqdim qilindi. Ko‘rgazmada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar, ilmiy markazlar, investorlar, tadbirkorlar, ishlab chiqarish korxonalari, fermer xo‘jaliklari, xalqaro va mahalliy jamg‘armalar hamda donor tashkilotlar, Sirdaryo viloyati hokimligi va hududiy boshqaruv organlari vakillari ishtirok etishdi.
O‘z navbatida, manfaatdor tashkilotlar vakil-
lari bilan ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy
etish, texnologiyalar transferi va investitsiyaviy hamkorlik masalalari yuzasidan bevosita muzoka-ralar olib borildi. Hamkorlik memorandumlari, ilmiy-texnik hamkorlik va xo‘jalik shartnomalari, texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha kelishuvlar, shuningdek, qo‘shma loyiha va investitsiya shartno-malarini imzolash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Nargiza NO‘MONOVA,
“Universitet ovozi” muxbiri
ILM-FAN VA INNOVATSIYALAR NAMOYISHI
Chop etilgan
15 сентябр, 2026
32
Teglar::